locale OZ

“Manchester Siti” fransiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” fransiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

“Lion” trim himoyachisi Rayan Cherki faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga rozi bo'ldi. Fransiyalik futbolchi allaqachon Pep Gvardiola bilan bu masalada suhbat o'tkazgan. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” Cherkini 40 million yevroga sotib olishi mumkin. Inglizlar kelishuvni 15-iyun kuni boshlanadigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan yakunlamoqchi.

Ma'lumot uchun, Cherki o'tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting