“Manchester Siti” Ederson o'rniga “Portu” darvozabonini olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images
“Manchester Siti” Ederson o'rniga “Portu”ning 25 yoshli darvozaboni Diogo Kostani olib kelmoqchi. Ushbu transfer yozgi transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Kostanining shartnomasidagi tovon puli 63 million funtni tashkil qiladi. “Shaharliklar” bu narxni qimmat deb hisoblamoqda va muzokaralar orqali bu narxni 50 million funtga tushirishga umid qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Kosta joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 18 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 38 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist