locale OZ

“Manchester Siti” Ederson o'rniga kimni olib kelishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Ederson o'rniga “Portu” darvozabonini olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida “Portu” darvozaboni Diogo Kostani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Ederson o'tgan yozda Saudiya Arabistoni Pro-ligasiga o'tishga yaqin edi va unga joriy mavsum oxirida ham ko'plab takliflar kelishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Ederson yozda Saudiya chempionatiga o'tishga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, braziliyalik golkiperning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting