locale OZ

“Manchester Siti” Ederson o'rniga “Barselona” darvozabonini olib kelmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Ederson o'rniga “Barselona” darvozabonini olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Barselona”ning 33 yoshli darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni Ederson o'rniga olib kelmoqchi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Germaniya terma jamoasi posboni bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Ederson Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng “shaharliklar” safini tark etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, ter Shtegen 2014-yildan buyon “Barselona” safida o'ynab kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting