“Manchester Siti” Bernardo Silva borasida bir qarorga keldi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Bernardo Silvaning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “shaharliklar” portugaliyalik futbolchini keyingi mavsum uchun rejalarga kiritmagan.
Qayd etilishicha, Silvaning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Ingliz klubi uni keyingi yil tekinga qo'yib yubormaslik uchun yozgi transferlar vaqtida sotishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Lissabonning “Benfika” klubi portugaliyalik vingerga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, Bernardo Silva joriy mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.