locale OZ

“Manchester Siti” “Bayer” yulduzi uchun 150 million yevro to'lashga tayyor!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” “Bayer” yulduzi uchun 150 million yevro to'lashga tayyor!
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirish uchun bir qancha yulduzlar bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsga qiziqish bildirmoqda va transfer uchun 150 million yevro to'lashga tayyor.

Qayd etilishicha, Gvardiola Virtsni klub tizimida De Bruynening o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Shu bilan birga, Virtsning atrofida boshqa variantlar ham borligi ta'kidlangan. Uning otasi o'g'lini “Bavariya”da ko'rishni afzal ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, Florian Virts joriy mavsum 40 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting