locale OZ

“Manchester Siti” “Barselona” futbolchisi uchun 100 million yevro to'lamoqchi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
“Manchester Siti” “Barselona” futbolchisi uchun 100 million yevro to'lamoqchi
FOTO: Europa Press, E-Noticies

“Manchester Siti” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Pedriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola 22 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. “Shaharliklar” Pedri uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor.

Qayd etilishicha, Kevin De Bruyne yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin. Shu sabab klub belgiyalik futbolchiga o'rinbosar qidirmoqda.

Ma'lumot uchun, Pedri joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 120 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting