locale OZ

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni ijaraga berishdan bosh tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni ijaraga berishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanovni Fransiyaning “Lion” klubiga ijaraga berishdan bosh tortdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yarim himoyachi Rayan Cherkining transferi bo'yicha kelishuvning bir qismida “Lion” “Manchester Siti” futbolchilaridan birini bir mavsumga tekinga ijaraga olish huquqi bor edi.

Ammo “shaharliklar” rahbariyati O'zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisini Liga 1 klubiga ijaraga berishdan bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov o'tgan qishki transferlar vaqtida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti” safiga o'tgandi. U joriy mavsum “shaharliklar” tarkibida 9 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting