locale OZ

“Manchester Siti” 18 yoshli norvegiyalik futbolchini sotib oladi - The Athletic

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” 18 yoshli norvegiyalik futbolchini sotib oladi - The Athletic
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” “Rusenborg” bilan 18 yoshli yarim himoyachi Sverre Naypan transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” norvegiyalik futbolchini 14,6 million yevroga sotib oladi. Taxminlarga ko'ra, Naypan bilan tuzilgan shartnoma 2030-yilga qadar mo'ljallangan.

Qayd etilishicha, kelishuv yakunlangach yosh yarim himoyachi kelgusida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va yanada o'sishi uchun bir mavsumga ijaraga beriladi.

Ma'lumot uchun, Naypan o'tgan mavsum barcha turnirlarda 10 ta o'yin o'tkazib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting