«Manchester City» Rodrining kelajagi borasida bir qarorga kelgan
Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Manchester City” klubi yarim himoyachi Rodri borasida bir qarorga keldi.
Jurnalist Din Jonsning xabar berishicha, ispaniyalik 29 yoshli futbolchiga “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi Rodrining transferi uchun 150 million yevro sarflashga tayyor.
Shunga qaramay, “shaharliklar” futbolchini sotmoqchi emas. U hali ham jamoaning muhim bo'g'ini deb biladi va uning transferi bo'yicha hech qanday taklifni ko'rib chiqmoqchi emas.
Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Shu kungacha u klub safida 272 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist