locale OZ

«Manchester City» Nyupanning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Nyupanning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

“Manchester City” o‘zining rasmiy sahifasi orqali yarim himoyachi Sverre Nyupan bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 18 yoshli norvegiyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 2030 yilning yozigacha bitim tuzdi.

Futbolchi “Rosenborg” klubidan “Manchester City” safiga kelib qo‘shildi.

“Men “Manchester City”ga o‘tganimdan juda xursandman. Bu klubning bir qismi bo‘lish va jahon darajasidagi iqtidorlar jamoasiga qo‘shilish har bir yosh futbolchining orzusidir”, - dedi Nyupan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting