locale OZ

«Manchester City» Diaş bilan kelishib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Diaş bilan kelishib oldi
Photo: Getty Images

"Manchester City" himoyachi Ruben Diaş bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist David Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik 28 yoshli futbolchi bitimni uzaytirish borasida barcha shartlarni kelishib olgan. Tez orada barcha hujjatlar rasmiy imzolanadi.

Futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Yangi kelishuv uzoq muddatga uzaytirilishi xabar qilingan.

Eslatib o'tamiz, Diaş 2020 yil sentabridan buyon "Manchester City" safida to'p tepadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting