«Manchester City» «Barcelona» futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi
Guardiola ushbu futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
ФОТО: Getty images
“Manchester City" bosh murabbiyi Xosep Guardiola jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha rejalar tuzmoqda.
TBR Football xabariga ko‘ra, "shaharliklar" o‘tgan yozda qilingan so‘rovlardan so‘ng "Barcelona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda. 22 yoshli futbolchining transferini Xosep Guardiolaning shaxsan o‘zi xohlamoqda.
O‘tgan yozda "Chelsea" havbekni sotib olishga urinib ko‘rdi, ammo kelishuv amalga oshmadi. London klubi uning transferiga 80 million yevro taklif qilgandi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli Lopesni 50 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq “Manchester City” himoyachisi John Stones Angliya terma jamoasi lagerini tark etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist