locale OZ

Stones Angliya terma jamoasining lagerini tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stones Angliya terma jamoasining lagerini tark etdi
ФОТО: Getty images

“Manchester City” himoyachisi Jon Stones Angliya terma jamoasi lagerini tark etdi.

Daily Mail nashri jurnalisti Jek Gogan xabariga ko‘ra, futbolchi mushaklaridagi muammolar sabab “sherlar”ga yordam bera olmaydi.

"U terma jamoaga mushaklarida kichik muammolar bilan keldi va biz kutganimizdek ahvoli yaxshilanmadi. Tavakkal qilmaymiz", — dedi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi 6-sentabr kuni Andorrani qabul qiladi, 9-sentabr kuni jamoa Serbiya mehmoni bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting