Manba: Yurgen Klopp “Real Madrid”ni boshqarmaydi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste'foga chiqarilsa, uning o'rnini Yurgen Klopp egallamaydi. Bu haqda “Liverpul” klubi sobiq futbolchisi Markus Babbel ma'lum qildi.
Uning aytishicha, “Real”dagi bosim Klopp “Liverpul”ni tark etgandagidan ancha yuqori.
“Yurgenni “Real”da ishlashga rozi bo'lishini tasavvur qila olmayman. Anchelotti yozda ketsa va unga bosh murabbiylik taklif qilinsa ham. Shuningdek, Klopp “Liverpul”ga hech qanday boshqaruvchi rolida qaytadi deb ham o'ylamayman.
U charchaganligi sabab murabbiylik faoliyatini to'xtatdi. “Real”da esa bosim “Liverpul”ga qaraganda ancha yuqori. Bor gap shu”, - deydi Babbel.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 2024-yilning yozida “Liverpul” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqandi. Hozirda mutaxassis Red Bull'da global yetakchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.