locale OZ

Manba: Xabi Alonso “Real Madrid” bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Xabi Alonso “Real Madrid” bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Real Madrid” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis yaqin kunlarda “Bayer” rahbariyati bilan uchrashib, La Ligaga o'tish istagini bildiradi.

Shuningdek, Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etishga yaqin turgani aytilmoqda. Braziliya terma jamoasi italiyalik mutaxassis bilan prinspial kelishuvga erishgan.

Ma'lumot uchun, Xabi Alonsoning “Bayer” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting