locale OZ

Manba: Vinisius va Alonso oʻzaro kelishib oldi

Braziliyalik futbolchi va ispaniyalik mutaxassis oʻzaro uchrashuv oʻtkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Vinisius va Alonso oʻzaro kelishib oldi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso oʻrtasidagi soʻnggi mojaro hal etildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 29 oktyabr kuni braziliyalik futbolchi va ispaniyalik mutaxassis «do‘stona uchrashuv» oʻtkazishgan.

Suhbat davomida ular «ochiq va konstruktiv muloqot» olib borib, kelishmovchilikni bartaraf etishgan hamda vaziyatni ijobiy hal qilishgan.

Eslatib oʻtamiz, 26 oktyabr kuni «Barselona»ga qarshi oʻyinda Alonso 72-daqiqada Vinisiusni almashtirgandi. Bu qaror futbolchining keskin noroziligiga sabab boʻlib, u maydonni tark etar chogʻida hissiyotlarga berilib, murabbiyning qaroridan ajablanganini bildirgan va hatto qoʻpol soʻzlar ham ishlatgandi.

Shundan soʻng, futbolchining klubni tark etish istagi borligi haqidagi mish-mishlar paydo boʻlgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting