locale OZ

Manba: Vinisius “Real” bilan shartnomasini uzaytiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Vinisius “Real” bilan shartnomasini uzaytiradi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior ispan grandi bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Dias xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi bilan bitim uzaytirilgani haqida rasmiy xabar Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, Vinisiusning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 170 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting