Manba: Pep Gvardiola rafiqasi bilan munosabatlarini tikladi
FOTO: Getty Images
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola va uning rafiqasi Kristina Serra munosabatlarni tiklashga qaror qilishdi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, juftlik joriy yilning yanvar oyida ajralishgandi. Biroq ular ajrashish to'g'risida ariza berishmagandi, shunchaki alohida yashashga qaror qilishgandi.
Qayd etilishicha, Gvardiola Kristina va uning qizi Valentinani ko'rish uchun bir haftada bir marta klub tomonidan taqdim etiladigan shaxsiy samolyotda uchib borish majburiyatini olgan.
Xabarlarga ko'ra, murabbiy rafiqasi bilan munosabatlarini saqlab qolmoqchi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist