locale OZ

Manba: Modrich yana «Real»ga qaytadi

Xorvatiyalik yarimhimoyachi hozirda «Milan» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Modrich yana «Real»ga qaytadi
FOTO: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich faoliyatini yakunlagach, yana «Real Madrid»ga qaytadi. Bu haqda Defense Central nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, xorvatiyalik futbolchi faoliyatini tugatgach, murabbiylik litsenziyasini oladi va «Real» akademiyalaridan birida murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

Maʼlumot uchun, Modrich joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Modrichning «Milan» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 4 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting