locale OZ

Manba: “Manchester Yunayted” Mateus Kunya bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: “Manchester Yunayted” Mateus Kunya bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Vulverxempton”ning braziliyalik hujumchisi Mateus Kunyani yozgi transferlar vaqtida sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Goal Brazil nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, bitim allaqachon yakunlangan va futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olingan.

Qayd etilishicha, “qizil iblislar” braziliyalik hujumchi uchun 73 million yevrodan oshiqroq tovon puli tol'aydi. Angliyada transferlar oynasi ochilgunga qadar transferning barcha tafsilotlari aniq bo'lishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Mateus Kunya 2023-yilning yozida 50 million yevro evaziga “Atletiko”dan “Vulverxempton”ga o'tgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting