locale OZ

Manba: Karlo Anchelotti tez orada “Real Madrid”ni tark etishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Karlo Anchelotti tez orada “Real Madrid”ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti katta ehtimol bilan tez orada Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Anchelotti yaqin orada Madrid klubini tark etadi. Hozirda italiyalik mutaxassis va Braziliya futbol federatsiyasi o'rtasida faol muzokaralar olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, Braziliya terma jamoasi iyun oyida bo'lib o'tadigan Ekvador va Paragvayga qarshi o'yinlar oldidan yangi bosh murabbiy tayinlamoqchi.

Ma'lumot uchun, Anchelottining “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting