locale OZ

Manba: Husanovning qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi

Abduqodir APLning 5-turida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Husanovning qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» va Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov keyingi haftada safga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Davron Fayziyev oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Avvaliga himoyachi APLning 8-turidan oʻrin olgan «Everton»ga (2:0) qarshi oʻyinga qadar tiklanishi kutilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Husanov 5-turda «Arsenal»ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Mavsum boshida 21 yoshli futbolchi besh uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan.

Abduqodir Husanov 2025 yilning may oyidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu davr ichida u «shaharliklar» safida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting