locale OZ

Manba: Flik joriy mavsum oxirida «Barselona»ni tark etishi mumkin

Nemis mutaxassisi klub ichidagi vaziyatdan hafsalasi pir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manba: Flik joriy mavsum oxirida «Barselona»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik joriy mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, nemis mutaxassisi yozda isteʼfoga chiqish niyatida ekanini oʻz murabbiylar shtabiga maʼlum qilgan. Asosiy sabab sifatida Flikning charchagani hamda klub ichidagi vaziyatdan hafsalasi pir boʻlgani keltirilgan.

Xabar qilinishicha, u ayrim futbolchilarning ishga boʻlgan munosabatidan norozi va rahbariyat tomonidan yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmayotganini his qilmoqda. Murabbiyga ko'ra, unga oʻz loyihasini toʻliq amalga oshirish imkoniyati berilmagan.

Hozircha «Barselona» rahbariyati bu maʼlumotni rasmiy ravishda tasdiqlamagan.

Eslatib oʻtamiz, kataloniyaliklar hozirda La Liga turnir jadvalida 25 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam «Real»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting