locale OZ

Maksim Shatskix: Futbolchilarimiz chempionlar ligasi musobaqasida yaxshi motivatsiya olishmoqda

Andijon bosh murabbiyi Al Haldiya bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix:  Futbolchilarimiz chempionlar ligasi musobaqasida yaxshi motivatsiya olishmoqda
photo: Andijon fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
05.11.2025, Yak.
Al Khalidiyah
0
Andijon
0

“Al Haldiya” - “Andijon” (0:0) bellashuvidan keyingi matbuot anjumanida burgutlar ustozi Maksim Shatskix va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Doniyor Abdumannopov qatnashdilar.

- Biz rekord sari boryapmiz. Birinchi oʻrinda 0:0 oʻynashimiz xursand qilyapti, bu yaxshi. Ikkinchisi, biz bunday oʻyin boʻlishini kutgan edik. Yigitlarni yaxshi kunlar kelishiga umid qilib ruhlantirmoqdamiz. Shuningdek, futbolchilar bunday haroratda, bunday maydon va boshqa sabablarga birinchi bor duch kelishmoqda. Yigitlarga ofarin. Kiyim almashtirish xonasida ularga rahmat aytdim. Oxirgi soniyagacha harakat qilishdi. Oʻyin boʻyicha haqqoniy natija boʻldi

- Oxirgi oʻyinlardan qanday kutyapsiz? Qolaversa, klubingizda terma jamoalarda oʻynayotgan futbolchilar bormi?

- Qanday boʻlardi, faqat gʻalaba! “Arkadagʻ” bilan oʻyinda bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat gʻalaba uchun kurashamiz. Bizning milliy jamoaga nomzodlarimiz bor. Hozirgi paytda ikki nafar yosh oʻyinchilarimiz U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanishadi.

- Jarohat olgan Sardor Azimovni holati qanday?

- Umid qilamanki, u bilan hammasi joyida.

- Jamoangizni gol oʻtkazmayotganini siri nimada?

- Buni hech qanday siri yoʻq. Shunchaki, futbolchilarimiz chempionlar ligasi musobaqasida yaxshi motivatsiya olishmoqda. Ammo ichki chempionatda bunday boʻlmayapti. Xudoga shukr, OCHLda gol oʻtkazmayapmiz. Oxirigacha darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishga umid qilaman.

- Guruhdagi imkoniyatni qanday baholaysiz?

- Hammada imkoniyat bor. Oʻylaymanki, bu eng topishmoq guruh boʻlib turibdi. Oxirgi turlargacha kurash davom etadi.

- Barcha raqiblar bilan oʻynadinglar. Siz uchun guruhdagi eng kuchli jamoa qaysi?

- Bungacha oʻtkazgan toʻrtta oʻyinlarni oʻrganib, men uchun eng kuchligi bugungi raqib deb bilaman.

Doniyor Abdumannopov: Oʻyin qiyin boʻlishini bilardik. Maydonni ichi juda issiq edi. Bizdagi ob-havodan farq qiladi. Shu sababli ogʻir boʻldi. Xudo xohlasa, keyingi oʻyinda ijobiy natija koʻrsatamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting