locale OZ

Ali Ashur: Oʻyinchilarimdan xursandman, 0:0 hisobidan xursand emasman

Al Haldiya bosh murabbiyi Andijon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ali Ashur: Oʻyinchilarimdan xursandman, 0:0 hisobidan xursand emasman
photo: Andijon fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
05.11.2025, Yak.
Al Khalidiyah
0
Andijon
0

“Al Haldiya” - “Andijon (0:0) oʻrtasidagi oʻyindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ali Ashur qatnashdi.

- Natija uchun qattiq harakat qildinglar. Oʻyin haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor, biz uch ochko olish uchun harakat qildik. Ammo oʻyin 0:0 bilan tugadi. Bu “Andijon”ni toʻrtinchi oʻyiniki, gol ham urmayapti, gol ham oʻtkazmayapti. Biz qattiq harakat qildik. 100 foiz kurash olib bordik. Statistakaga qarasanglar ham, 63 foizga toʻpga egalik qildik. 18-marta zarba berdik, 8-marta burchakdan toʻp uzatdik. Oʻyinni nazorat qildik. 3-4-marta toza golli imkoniyatimiz boʻldi, ammo foydalana olmadik. Bizda penalti tepishimizga ham sabab boʻlgandi. Biroq hakamni qarori boshqacha boʻldi. Umuman olganda, oʻyinchilarimdan xursandman. Albatta, 0:0 hisobidan xursand emasman.

- Andijonda ham 0:0 boʻlgan va bu yerda ham shu hisob qayd etildi. Siz uchun qaysi oʻyin qiyinroq oʻtdi?

- Albatta, Andijondagi uchrashuv eng qiyini boʻlgandi. Chunki ularda imkoniyatlar koʻp boʻlgan, biz bunga yoʻl qoʻyib bergandik.. Xatoimiz sababli bir nechta qarshi hujumlar uyushtirishdi. Bugun futbolchilarimga aytdimki, xato qilmanglar va raqibga imkoniyat yaratib bermanglar dedim. Bugungi oʻyinda raqibda xavfli vaziyatlar boʻlganini eslay olmayapman. Lekin Andijondagi oʻyinda bizni xatolarimiz tufayli ularda imkoniyat boʻlgandi.

- Stadionda koʻproq muxlislarni kutgandik. Ammo deyarli boʻsh tribunalarni koʻrdik. Ishqibozlarsiz oʻynash sizlar uchun zerikarli emasmi?

- Bilasizmi, bizning klubimiz 2020-yili tashkil topgan. Bizda kichik muxlislar bazasi bor. Bu narsa futbolchilar oilasi uchun muhim. Endigina fan klub tashkil topganiga 5-yil boʻlyapti. Bir necha yil ichida fan klub koʻpayadi. Ha, biz koʻproq muxlis kelishini kutgandik. Lekin eng muhimi, kichik boʻlsa-da, ishqibozlar bizni qoʻllab-quvvatlab turishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting