locale OZ

Maguayr: “Keyingi mavsumda biz yaxshiroq bo‘lamiz”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maguayr: “Keyingi mavsumda biz yaxshiroq bo‘lamiz”
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr kelgusi mavsum haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Bu mavsumda biz yetarlicha yaxshi bo‘lmaganimizni bilamiz. Juda og‘ir o‘tdi, bu hammaga ayon.

So‘nggi bir-ikki oyda asosiy e’tiborni Yevropa Ligasi uchun tarkibga qaratdik. Tabiiyki, bu bizni ranjitadi. Bunday bo‘lishi kerak emasdi.

Ikki oy avval yaxshiroq ahvolda bo‘lishimiz, Yevropa Ligasi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishimiz zarur edi. Klubimiz shuni talab qiladi.

Bu mavsum klubimiz va bizning standartlarimiz uchun yetarli darajada yaxshi bo‘lmadi, buni tushunamiz. Keyingi mavsumda biz ancha yaxshiroq bo‘lamiz," — dedi Maguayr.

Ruben Amorim bosh murabbiyligidagi jamoa chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida APL jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting