locale OZ

Madridning Real klubi ikki tarbiyalanuvchisini qaytarishi mumkin. Ismlari ma'lum qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madridning Real klubi ikki tarbiyalanuvchisini qaytarishi mumkin. Ismlari ma'lum qilindi
Madridning Real klubi ikki tarbiyalanuvchisini qaytarishi mumkin. Ismlari ma'lum qilindi

Todofichajes agentligi xabar berishicha, Madridning «Real» klubi ikki nafar tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarmoqchi. Madridga qaytishi mumkin bo'lgan futbolchilar ismlari ma'lum qilindi — ular Niko Pas va Migel Guterrres.

Niko Pas hozirda Italiyaniнг «Komo» klubida to'p surmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Migel Guterrres «Jirona» safida harakat qilmoqda. U La Ligada 27 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgani va 5 ta golli uzatma bergan. Pasning hozirgi klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 35 million yevro deb baholanmoqda. Guterrres esa «Jirona» klubi bilan 2027 yilning o'rtalarigacha shartnoma tuzgan. Uning transfer narxi — 25 million yevro.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting