Madrid klubi ikkita futbolistni 100 mln yevroga sotib olmoqchi
Rasm: sportal.bg Milosh Kerkez
Madridning «Real» klubi o‘z jamoasini kuchaytirish maqsadida ikki nafar futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu futbolchilar Angliya Premer-ligasidagi «Bornmut» jamoasida o‘ynamoqda.
Fichajes manbasi xabar berishicha, Madrid klubi himoyachilar Milosh Kerkez va Din Xyuisenga katta qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati bu ikki futbolchini sotib olish uchun 100 million yevro ajratishga tayyor. Bitim yozda, transfer oynasi ochilganda amalga oshirilishi mumkin.
Ispaniya chempionatida «Real Madrid» 63 ochko to‘plab, 29-turdan so‘ng turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallamoqda va asosiy raqibi «Barselona»dan 3 ochko orqada qolmoqda.
Ispaniya kubogida «Real» «Real Sosyedad»ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
Bakradze Iman
Redaktor