locale OZ

Madrid grandi yozda 9 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madrid grandi yozda 9 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi yozgi transferlar vaqtida birdaniga to'qqiz nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “matraschilar” safini shartnoma muddati yakunlangani munosabati bilan Aksel Vitsel, Sezar Aspilikueta va Reynildu tark etishi aniq.

Shuningdek, Anxel Korrea, Rodrigo Rikelme, Samuel Lino va Nauel Molina ham Madrid klubini tark etishga yaqin turibdi.

“Atletiko”ning ehtimoliy yo'qotishlari sifatida yarim himoyachilar Rodrigo de Paul va Konor Gallaxer ham tilga olinmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Atletiko” o'tgan mavsum La Ligada 76 ochko jamg'arib, uchinchi o'rinni egalladi. “Matraschilar” keyingi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting