locale OZ

Lukaku «Milan»ga qarshi bahsda «Napoli» safida debyut qilishi mumkin

Belgiyalik hujumchi joriy mavsum hali bironta ham oʻyinda maydonga tushmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukaku «Milan»ga qarshi bahsda «Napoli» safida debyut qilishi mumkin
FOTO: Getty Images
Italiya Superkubogi
18.12.2025, Yak.
Napoli
2
Milan
0

«Napoli» Saudiya Arabistonining Riyad shahriga yetib keldi, bu yerda Italiya Superkubogi musobaqasi o‘tkaziladi. Jamoa bilan birga hujumchi Romelu Lukaku ham kelgan — u joriy mavsumda «Napoli» safida maydonga tushmagan.

Belgiyalik futbolchi jiddiy jarohat olgan edi — 14 avgust kuni mavsumoldi oʻrtoqlik o‘yinida «Olimpiakos»ga qarshi son mushagining yirtilishi. Shundan buyon Lukaku maydonga chiqmadi va dushanba kuni umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Oldinroq Lukaku turnir ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, va bugun kechqurun u haqiqatan ham Riyadga yetib kelgan futbolchilar orasida ko‘zga tashlandi.

«Napoli» payshanba kuni Superkubokning yarim finalida «Milan» bilan to‘qnashadi. Ikkinchi yarim final juftligida juma kuni «Bolonya» va «Inter» o‘ynaydi. Ushbu o‘yinlar g‘oliblari 22 dekabr kuni hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting