Italiya Superkubogi. «Napoli» «Milan»ni ishonchli hisobda magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
Italiya Superkubogi yarim finali doirasida «Napoli» va «Milan» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda 2:0 hisobida neapolliklar g‘alaba qozondi.
Uchrashuv Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi «Al-Avval Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvning bosh hakami italiyalik Luka Zufferli bo‘ldi.
O‘yinning 39-daqiqasida David Neres hisobni ochib, «Napoli»ni oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada esa Rasmus Hoylund neapolliklarning ikkinchi golini urdi.
Turnir doirasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvida A Seriya kumush medali sohibi «Inter» va Italiya Kubogi g‘olibi «Bolonya» o‘zaro to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Italiya Superkubogini «Milan» qo‘lga kiritgan bo‘lib, finalda «Inter»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Italiya Superkubogi. Yarim final
«Napoli» — «Milan» 2:0
Gollar: Neres (39), Hoylund (64).