Luka Modrich “Real” bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum oxirida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirmoqchi va buning uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor. Bu haqda Marca nashri jurnalisti Xose Feliks Dias xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Modrichning kelajagi yaqin kunlarda ispan grandi prezidenti Florentino Peres bilan bo'ladigan uchrashuvdan so'ng hal bo'ladi. Xorvatiyalik futbolchi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanguniga qadar (15-iyun) shartnomasiga aniqlik kiritmoqchi.
Ma'lumot uchun, Modrich joriy mavsum barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.