locale OZ

Luka Modrich “Milan” safiga o'tadi — Romano

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich “Milan” safiga o'tadi — Romano
Photo: Getty Images

“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi. Bu haqda futbol insayderi Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati (KO'JCH) yakunlangach, “Milan” klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan va AQShdagi turnir yakunlangach, yarim himoyachi milanliklar uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

O'tgan mavsum u barcha musobaqalar doirasidagi 59 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Uning klub bilan shartnomasi shu oy oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 4 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting