locale OZ

Luka Modrich mashur klubning egasiga aylanishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich mashur klubning egasiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich ingliz klublarida biri bo'lgan “Suonsi Siti” aksiyadoriga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan kelishuv allaqachon yakunlangan va u klub aksiyalarining kichik qismini sotib oladi.

Qayd etilishicha, bu holat Modrichning faoliyatiga ta'sir qilmaydi va u keyin ham “Real” safida o'ynashni davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2008-yildan 2012-yilgacha “Tottenhem” sharafini himoya qilgan. Keyinchalik “Real” bilan shartnoma imzolab, ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting