Luis Enrike: «PSJ» Superkubokda ham raqobatbardosh bo‘lishga harakat qiladi»
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike "Aston Villa"ga qarshi UEFA Superkubogi uchrashuviga tayyorgarligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Qaytayotganimdan juda xursandman! Ishni boshlayapmiz. Bu safar mavsumoldi tayyorgarlik biroz noodatiy o‘tdi, chunki futbolchilar jamoaga turli vaqtlarda qo‘shildi. Ko‘plab futbolchilar Jahon chempionatida ishtirok etishdi va faqat hozirgina mashg‘ulotlarga qaytishmoqda.
Biz butun mavsum davomida raqobatbardosh bo‘lib qolishni maqsad qilganmiz. Endi esa chorshanba kuni birinchi rasmiy o‘yinimizni o‘tkazamiz. Bunday uchrashuv qanday kechishini oldindan aytish doim qiyin.
Biz to‘p nazoratini o‘z qo‘limizda ushlashga harakat qilamiz. Bunday o‘yinlarda bu oson emas, ammo o‘tgan mavsumdagidek raqobatbardosh bo‘lishimizga umid qilaman. Bu biz uchun birinchi rasmiy uchrashuv, ammo juda muhim. Biz muxlislarimiz bilan birga yana bir unutilmas mavsum o‘tkazishni istaymiz.
Ayrim futbolchilarimiz faqat shu dushanba kuni qaytishdi, boshqalari esa o‘tgan hafta jamoaga qo‘shildi. Biz imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilyapmiz. Chorshanba kuni futbolchilarim qay darajada tayyor bo‘lishini bilmayman. Ammo uchrashuvni eng yuqori saviyada o‘tkazishga harakat qilamiz», — dedi Luis Enrike.