locale OZ

Luis de la Fuyente: Yamal Jahon chempionatidagi ilk bahsga optimal sport formasida yetib keladi

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi «Barselona» vingerining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis de la Fuyente: Yamal Jahon chempionatidagi ilk bahsga optimal sport formasida yetib keladi
photo: gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuyente «Barselona» vingeri Lamin Yamalning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

Mutaxassisning aytishicha, 18 yoshli futbolchi tiklanish jarayonini rejalashtirilgan muddatdan tezroq o‘tkazmoqda.

«U tiklanishni belgilangan jadvaldan tezroq davom ettirmoqda. Har kuni Laminning holati yaxshilanib bormoqda.

Menimcha, Yamal Jahon chempionatidagi ilk bahsga optimal sport formasida yetib keladi», — dedi de la Fuyente.

Eslatib o‘tamiz, yosh iqtidor Ispaniya milliy jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va uning safga qaytishi jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ispaniya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting