locale OZ

Lopes: «Bu juda yaxshi mavsum bo‘ldi»

Futbolchi jamoaning bu mavsumdagi ishtirokini baholadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lopes: «Bu juda yaxshi mavsum bo‘ldi»
ФОТО: Getty images

Fermin Lopes «Barselona»ning joriy mavsumini yuqori baholadi.

Kataloniyaliklar Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, ammo «Atletiko»ga qarshi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:3) Chempionlar ligasi chorak finalida musobaqani tark etdi.

«Bu juda yaxshi mavsum bo‘ldi, biz undan katta zavq oldik. Qiyin pallalar ham bo‘ldi, lekin umuman olganda juda yaxshi o‘ynadik va katta ish qildik», — dedi Lopes AS nashriga bergan intervyusida.

36 turdan so‘ng «Barselona» 91 ochko to‘plab, La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real Madrid» esa 80 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting