locale OZ

“Liverpul”ning ikki nafar futbolchisi “Napoli”ga o'tishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul”ning ikki nafar futbolchisi “Napoli”ga o'tishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

“Napoli” “Liverpul”ning ikki hujumchisi Darvin Nunes va Federiko Kyezani sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda La Repubblica nashriga tayanib TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qizillar” Nunes va Kyezaning ehtimoliy sotuvidan jami 105 million yevro ishlab olmoqchi. “Napoli” kelasi hafta mersisaydliklarga tegishli taklif bilan chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, nomi tilga olingan futbolchilarning transferi bilan jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi qiziqmoqda.

Ma'lumot uchun, Kyeza o'tgan mavsum mersisaydliklar safida 14 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nunes esa o'tgan mavsum 47 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting