locale OZ

«Liverpul» YChL tarixida «Real» ustidan eng koʻp «quruq» gʻalabaga erishgan klubga aylandi

Mersisaydliklar 4-turda Madrid klubini minimal hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» YChL tarixida «Real» ustidan eng koʻp «quruq» gʻalabaga erishgan klubga aylandi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi Chempionlar ligasi tarixida «Real» ustidan eng koʻp «quruq» gʻalabaga erishgan jamoaga aylandi. Bu haqda Stata Football nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, mersisaydliklar madridliklar bilan oʻtkazgan beshta uchrashuvda oʻz darvozasidan toʻp olib chiqmay, gʻalaba qozongan.

Eslatib oʻtamiz, «Liverpul» 4 noyabr kuni boʻlib oʻtgan Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 4-turidan oʻrin olgan bahsda «Real»ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yagona gol Aleksis Makallister nomiga yozildi.

Maʼlumot uchun, «Real» Chempionlar ligasi tarixidagi mutlaq rekordchi hisoblanadi. Madridliklar ushbu turnirda jami 15 marta gʻalaba qozongan. «Liverpul»da esa bu koʻrsatkich 6 tani tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting