locale OZ

«Liverpul» Rodrigo transferi uchun «Real»ga 50–60 mln yevro taklif qilishga tayyor

Braziliyalik vinger faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Rodrigo transferi uchun «Real»ga 50–60 mln yevro taklif qilishga tayyor
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo Goesga qiziqish bildirmoqda. Bu, ayniqsa, 33 yoshli hujumchi Muhammad Salohning kelajagi mavhum bo‘lib turgani fonida dolzarb hisoblanadi. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun «qirollik klubi»ga 50–60 mln yevro atrofida taklif bilan chiqishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bu summa «Liverpul» avvalroq Rodrigo uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan mablag‘dan kamroq. O‘tgan yozda futbolchiga qiziqish bo‘lganiga qaramay, «qizillar» rasmiy taklif bilan chiqmagan edi.

Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting