locale OZ

«Liverpul» Rafinia uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Rafinia joriy mavsum “Barselona” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Rafinia uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi
ФОТО: Getty images

“Barselona” vingeri Rafinia faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Fichajes nashri.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish rejalashtirilmoqda. “Liverpul” rahbariyati 28 yoshli futbolchini Saudiya Arabistoniga ketishni mo‘ljallayotgan Muhammad Salahga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Mersisaydliklar 2026 yilning yozida Rafinia uchun 100 million yevro taklif qilishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumot uchun, Rafinia joriy mavsum “Barselona” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting