locale OZ

“Liverpul” Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, yangi vingeri xarid qilmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, yangi vingeri xarid qilmoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Liverpul” klubi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, “Brentford”ning 25 yoshli vingeri Brian Mbemoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Brentford” kamerunlik futbolchi uchun 50 million funt sterling talab qilmoqda. Ta'kidlanishicha, “qizillar” hujum chizig'ini yangilamoqcho va Mbemoda Anre Slot jamoasi uchun zarur bo'lgan barcha sifatlar borligiga ishonmoqda.

Ma'lumot uchun, Mbemo joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting