«Liverpul» «Inter» himoyachisi uchun 100 million yevro toʻlashga tayyor
«Liverpul» himoya chizigʻidagi muammolarni hal etish uchun yanvar oyida transfer bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda.
Fichajes nashrining xabariga koʻra, mersisaydliklarning asosiy transfer maqsadi — «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni hisoblanadi.
Manbaga koʻra, «Liverpul» rahbariyati 26 yoshli italiyalik futbolchining oʻyin uslubini yuqori baholaydi va u uchun 100 million yevro toʻlashga tayyor. Klub mutasaddilari Bastonini jamoaning himoya liniyasini qayta shakllantirish loyihasiga eng mos nomzod deb hisoblamoqda.
Maʼlumot uchun, Bastoni joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Liverpul» oʻzining navbatdagi oʻyinini 9 noyabr kuni «Man Siti»ga qarshi oʻtkazadi.