locale OZ

“Liverpul” “Inter” futbolchisi uchun 100 million yevro sarflashi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” “Inter” futbolchisi uchun 100 million yevro sarflashi mumkin
FOTO: Getty Images

“Liverpul” “Inter”ning 28 yoshli yarim himoyachisi Nikola Barellaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashriga tayanib, Sport Witness xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “neradzurrilar” italiyalik futbolchining narxini 100 million yevroga baholagan. Ta'kidlanishicha, mersisaydliklar Barellani bu narxga sotib olishi dargumon.

Ma'lumot uchun, Barella joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting