Lionel Messi faoliyatiga eng katta ta'sir o'tkazgan futbolchi kimligini aytdi
FOTO: Getty Images
Sakkiz karra “Oltin to'p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi faoliyatiga eng katta ta'sir ko'rsatgan futbolchi nomini aytdi.
“Ronaldinyo faoliyatimga katta ta'sir o'tkazdi. Chunki u meni to'g'ri qabul qildi va menga yordam berdi. Bu faoliyatimning ilk daqiqalari uchun juda foydali bo'lgan.
Shuningdek, Andres Inyesta va Xavini, shuningdek, Mayamida men bilan birga o'ynayotgan uch kishini - Buskets, Alba va Suaresni ham sanagan bo'lardim. Ularning barchasi mening do'stlarim”, - deydi Messi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2023-yildan buyon “Inter Mayami” safida o'ynab kelmoqda. Shuningdek, u faoliyati davomida “Barselona” va PSJ klublari sharafini ham himoya qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist