locale OZ

Liga 1 PSJ'ning iltimosini yerda qoldirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga 1 PSJ'ning iltimosini yerda qoldirdi
FOTO: Getty Images

PSJ rahbariyatining iltimosiga qaramay, Liga 1 Fransiya chempionatining birinchi turini qoldirmaslikka qaror qildi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Parij grandi Liga 1'ning ilk turini 17-avgust kuni “Nant”ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

PSJ chempionatni kechroq boshlashni maqsad qilib, Liga 1 rahbariyatiga iltimosnoma jo'natgandi. Chunki jamoa futbolchilari Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqsa, yetarlicha dam olmasliklari mumkin. Biroq, tashkilot PSJ'ning iltimosiga rad javobini berdi.

Eslatib o'tamiz, AQSh mezbonligida o'tayotgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining 13-iyul kuni yakuniga yetadi. Parijliklar turnirning 1/8 finalida “Inter Mayami”ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting