locale OZ

Liga 1. «Lans» o‘z maydonida 2-o‘rindagi «Lion»dan ustun keldi

Fransiya chempionatining 6-tur bahslari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga 1. «Lans» o‘z maydonida 2-o‘rindagi «Lion»dan ustun keldi
photo: gettyimages
Liga 1 Fransiya
09.10.2026, Yak.
Lens
2
Lyon
1

Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Lans» o‘z maydonida «Lion»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 36-daqiqada ochildi. Florian Sotoka raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Lans»ni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Matyo Yudol «Lans»ning ikkinchi golini kiritdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, vaziyat o‘zgardi: 84-daqiqada Yudol qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada «Lans» uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. 85-daqiqada Halis Mera esa uchrashuvdagi so‘nggi gol muallifi bo‘ldi.

Fransiya chempionatining oltita turidan so‘ng «Lion» 11 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. «Lans» esa yetti ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi uchrashuvda «Lans» 17 oktyabr kuni safarda «Trua»ga qarshi maydonga tushadi. «Lion» esa 18 oktyabr kuni o‘z maydonida «Nitssa»ni qabul qiladi.

Fransiya chempionati. 6-tur
Lans – Lion 2:1
Gollar:
Sotoka 36, Yudol 76 – Mera 85.
Chetlatish: Yudol 84.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting