locale OZ

Levandovskining qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi

Shuningdek, Joan Garsiyaning ahvoli haqida ham maʼlumot berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovskining qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jarohatidan sogʻayib umumiy guruh mashgʻulotlariga qaytdi. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Ferran Martines xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, polshalik forvard 2 noyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan La Liganing 11-turida «Elche»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin.

Qayd etilishicha, Levandovski yaqinda asosiy jamoa bilan birgalikda mashgʻulotning bir qismini oʻtkazgan. Shuningdek, klub darvozaboni Joan Garsiya ham tiklanish jarayonini oʻtkazmoqda va u ham yaqin oʻyinlarda safga qaytishi mumkin.

Garsiyaning holati 29 oktyabr, chorshanba kuni navbatdagi mashgʻulotlar oldidan baholanadi. Klub mutasaddilari darvozabonning sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyish niyatida emasliklarini taʼkidlashgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting