Levandovski yanvarda Turkiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin
Levandovski 2022 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qiladi.
ФОТО: Getty images
“Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko'ra, futbolchiga “Fenerbahche” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Istanbul klubi yanvar oyida polyak hujumchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi va unga uzoq muddatli shartnoma taklif etishni maqsad qilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Levandovski “Barselona”dan ketmoqchi emas. Futbolchi klubda qolishni istamoqda.
Joriy mavsum Robert “ko'k-anorranglilar” safida jami 14 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist